Sovg'a va premium qadoqlar, suvenir va promo mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan reklama majmuasi.

Toshkentda poligrafiya va bosmaxona


Poligrafiya — Winch Group buyurtmalarining yarmi: 2024-yil dekabridan beri ular 500 dan ortiq. Bizda ko'pincha vizitkalar, kataloglar, menyular, bukletlar va flayerlar, tadbirlarga esa folgali taklifnomalar, tabriknomalar va konvertlar chop ettirishadi.

Qanday chop etamiz: sex, uskunalar, pardozlash

Winch — Toshkentdagi bosmaxona, uning o'z sexi Eski Otchopar ko'chasi, 58-uyda joylashgan. Bu yerda raqamli bosma, folgali laminatsiya, shtamp bilan kesish, muqovalash va tirajlarni yig'ish ishlari bajariladi.

Bizdan nimalarni buyurtma qilishadi:

Kichik va o'rta tirajlarni Ricoh Pro C7100SX va Xerox Colour 560 uskunalarida raqamli usulda chop etamiz. Raqamli bosma minglab emas, bir necha o'nlab nusxa kerak bo'lganda, har bir mehmonning taklifnomasida o'z ismi bo'lishi kerak bo'lganda yoki tiraj boshlanishidan oldin bitta namunani qo'lda ushlab ko'rmoqchi bo'lsangiz qo'l keladi. Katta tirajlar ofset usulida bosiladi.

Pardozlash ham o'zimizda. Plyonka va folgani folgalash funksiyali laminator qoplaydi, shtamp bo'yicha kesishni tigelli pressda bajaramiz. Kichik tirajdagi murakkab konturni planshetli plotter kesadi, shtamp buyurtma qilish shart emas. Bigovka va perforatsiyani alohida stanokda qilamiz.

So'nggi ishlarimizdan

Qo'ldagi Akfa va Imzo katalogi
Akfa va Imzo katalogi: liftlar va eskalatorlar, deraza-eshik tizimlari.
Havorang qattiq muqovali LX Tashkent kitobi
Qattiq muqovali LX Tashkent kitobi: teksturali muqova, nomi va ramkasi oltin rangda.
Ochiq holdagi gerbli bordo taklifnoma va konvert
Engelberg Opera taklifnomasi: bordo qog'oz, gerb va QR-kod ichki sahifada, rangiga mos konvert.
Ochiq holdagi to'q rangli Kapital Academy bukleti
Kapital Academy bukleti: to'q rangli qog'oz, raqamlar va sarlavhalar sariq rangda.
Sariq, yashil va binafsha rangdagi Foodmood × Novikov menyusi
Foodmood × Novikov nonushta menyusi — bitta maket uch xil rangda.
Oltin va mis tusli folga namunalari kitobi
Folga namunalari kitobi: shunday kitoblar bo'yicha tiraj boshlanishidan oldin folga rangi tanlanadi.

Buyurtmani hisoblash uchun format, sahifalar soni, tiraj va pardozlash bo'yicha istaklaringizni yuboring. Qaysi qog'ozni tanlashni bilmasangiz, namunalar bo'yicha maslahat beramiz. Eng tez javobni Telegram yoki telefon orqali beramiz: +998 90 938-06-08.

Namuna yelpig'ichlari va kitoblari

Deraza va eshik profillari ishlab chiqaruvchilari uchun namuna yelpig'ichlarini tayyorlaymiz: muqovasi PET yoki muqovabop kartondan, bitta yelpig'ichda — o'nlab plyonka ranglari, bolt bilan yig'iladi. Bunday yelpig'ichlar dilerlar va dizaynerlarga beriladi — mijoz rang va teksturani jonli ko'rib tanlashi uchun.

Qancha kutish kerak

  • vizitkalar va menyular — odatda 1–4 ish kuni;
  • varaqalar, flayerlar va bukletlar — odatda bir haftagacha;
  • kataloglar — odatda 8–12 ish kuni.

Muddat ishlab chiqarishga topshirilgan kundan — maket kelishilgan va to'lov qilingandan keyin hisoblanadi.

Buyurtmani Telegram yoki telefon orqali hisoblab beramiz: +998 90 938-06-08.


Poligrafiya haqida ko'p beriladigan savollar

Hammasini bir joyda buyurtma qilsa bo'ladimi? Ha. Masalan, taklifnomalarni ko'pincha darhol konvertlari bilan, bloknotlarni esa paketlar bilan buyurtma qilishadi. Logotipli qutilar quyidagi bo'limda: «Buyurtma asosida qutilar».

Narxi qancha? Narx format, qog'oz, tiraj va pardozlashga bog'liq — maket yoki topshiriqni yuborganingizdan so'ng uni aytamiz. Katalog narxiga misol quyidagi sahifada: katalog chop etish.

Savollaringiz qoldimi?

Ishlab chiqarishga ariza qoldiring

Ariza qoldirish

Qo'ng'irog'ingizni kutamiz

+99890 938-06-08

Bizga bemalol yozing

hello@winch.uz
Har qanday savolga javob beramiz