Sovg'a va premium qadoqlar, suvenir va promo mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan reklama majmuasi.

Kataloglarni chop etish

Mahsulot kataloglari, prays-listlar va taqdimot kataloglarini Toshkentda tayyorlaymiz. Qisqa va o'rtacha tirajni Ricoh Pro C7100SX va Xerox Colour 560 mashinalarida raqamli usulda, katta tirajni ofsetda chop etamiz. Muqovalash, laminatsiya va folga bezagini Eski Otchopar ko'chasi, 58-uydagi seximizda qilamiz.

Bosilib muqovalangan mahsulot katalogi

Muqovalash turini tanlash

  • Skobali katalog — sahifalari kam katalog va broshyura uchun. Varaqlar buklangan joyidan skobalanadi.
  • Yelimli yumshoq muqova — sahifasi ko'p katalog uchun. Qalinligi yetarli bo'lsa, muqovaning yon tomoniga nom bosish mumkin.
  • Prujinali katalog — varaqlar tekis ochilishi kerak bo'lgan prays-list, namuna va taqdimot uchun.
  • Qattiq muqova — uzoq muddat ishlatiladigan taqdimot katalogi uchun.

Buyurtma hisob-kitobi uchun format, sahifa soni, tiraj, qog'oz va muqova turini yuboring. Tayyor PDF bo'lsa, sahifalar ketma-ketligini ham tekshiramiz.

A4 formatdagi 16 sahifali, laminatsiyalangan muqovali, rangli va skobali katalog narxi 500 dona tirajda har bir nusxa uchun QQS bilan 16 600 so'mdan boshlanadi. Aniq narx maketga qarab hisoblanadi.

Savollaringiz qoldimi?

Ishlab chiqarishga ariza qoldiring

Ariza qoldirish

Qo'ng'irog'ingizni kutamiz

+99890 938-06-08

Bizga bemalol yozing

hello@winch.uz
Har qanday savolga javob beramiz