Sovg'a va premium qadoqlar, suvenir va promo mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan reklama majmuasi.

Kosmetika va parfyumeriya uchun qutilar

Krem, zardob, banka va atir flakoni uchun buklanadigan karton quti tayyorlaymiz. Bitta flakon yoki bir nechta mahsulotdan iborat to'plamga ichki taglikli qattiq quti mos keladi.

Bosma va bezak

Toshkentdagi Eski Otchopar ko'chasi, 58-uydagi seximizda maketni chop etamiz, laminatsiya qilamiz, logotipni folga bilan ajratamiz, qutini qolipda kesamiz va yelimlaymiz. Qutiga solinadigan yo'riqnomani ham chop etish mumkin.

Kosmetika uchun tayyorlangan namunalardan biri qopqog'i alohida, firma ranglari va mat laminatsiyali qoplamasi bor qattiq quti. Atirni sinash uchun blotter qog'ozi ham chop etamiz.

Flakon yoki bankaning o'lchami, soni, maketi va ichki taglik kerakligini yozing. Namuna bo'lsa, taglikni flakonga aniq moslash osonlashadi. Buklanadigan qutilar, sovg'a qutilari va logotipli paketlar namunalarini alohida ko'rishingiz mumkin.

Savollaringiz qoldimi?

Ishlab chiqarishga ariza qoldiring

Ariza qoldirish

Qo'ng'irog'ingizni kutamiz

+99890 938-06-08

Bizga bemalol yozing

hello@winch.uz
Har qanday savolga javob beramiz