Yupqa mahsulot kataloglari, broshyuralar, narxnoma va tadbir dasturlari uchun metall skoba qulay. Varaq ikkiga buklanadi, varaqlar bir-birining ichiga joylanadi va buklama bo'ylab tikiladi. Katalog deyarli to'liq ochiladi, lekin muqova qirrasida nom bosiladigan joy bo'lmaydi.
Har bir buklangan varaq to'rtta sahifa beradi. Shu sabab sahifalar soni to'rtga karrali bo'ladi, masalan, 8, 12, 16 yoki 20. Qalinroq qog'ozda blok hajmi tez ortadi. Ko'p sahifali katalogga termoyelimli muqova, uzoq saqlanadigan nashrga esa qattiq muqova mos kelishi mumkin.
Muqovani ichki varaqlardan qalinroq qog'ozga chop etish va laminatsiya qilish mumkin. Sahifalar soni to'rtga bo'linmasa, aloqa yoki qaydlar sahifasini qo'shish mumkin. Maket, format va tirajni yuboring, mos variantni hisoblaymiz. Boshqa variantlar katalog chop etish bo'limida.
Ishlab chiqarishga ariza qoldiring
Ariza qoldirishQo'ng'irog'ingizni kutamiz
+99890 938-06-08Bizga bemalol yozing
hello@winch.uz