Sovg'a va premium qadoqlar, suvenir va promo mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan reklama majmuasi.

Buyurtma asosida sovg'a to'plamlari

Mijozlar, hamkorlar va xodimlar uchun sovg'a to'plamlari yig'amiz. Tarkibni tadbir, oluvchi va ajratilgan budjetga moslaymiz. Logotipli qutini Eski Otchopar ko'chasi, 58-uydagi seximizda buyumlar o'lchamiga qarab tayyorlaymiz.

To'plamga nimalar qo'shish mumkin

Kundalik daftar, termokrujka, ruchka yoki kartxolder ish uchun mo'ljallangan to'plamga mos keladi. Tabrik uchun krujka, shirinlik va tabriknoma qo'shish mumkin. Qattiq quti ichida buyumlar uchun alohida joy ajratiladi.

Rahbar yoki muhim hamkor uchun qutini dizaynerlik qog'ozi bilan qoplash, logotipni folga bilan ajratish va ichki taglik tayyorlash mumkin. Namunalar korporativ to'plamlar, maxsus to'plamlar va yegulik sovg'alar sahifalarida. Sovg'a qutisini alohida ham buyurtma qilish mumkin.

Hisoblash uchun nechta to'plam, har biriga ajratilgan budjet, kimga va qachon topshirilishini hamda logotipni yuboring.


Savollaringiz qoldimi?

Ishlab chiqarishga ariza qoldiring

Ariza qoldirish

Qo'ng'irog'ingizni kutamiz

+99890 938-06-08

Bizga bemalol yozing

hello@winch.uz
Har qanday savolga javob beramiz