Sovg'a va premium qadoqlar, suvenir va promo mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan reklama majmuasi.

Logotipli suvenirlar va sovg'a to'plamlari

Kompaniyalar uchun logotipli paket, bloknot, taqvim va qutilarni Toshkentdagi bosmaxonamizda tayyorlaymiz. Futbolka, xudi, kepka, krujka va termokrujkaning tayyor modellariga kompaniyangiz logotipini tushiramiz.

Suvenir va qadoqni bir buyurtmada

  • A4 qog'oz paket va A5 bloknotni bir xil uslubda chop etish mumkin. Bu juftlikni korporativ sovg'a to'plami sifatida ham buyurtma berish mumkin.
  • Taqvimlar stol ustiga, devorga yoki chorak bo'yicha foydalanish uchun tayyorlanadi.
  • Qattiq sovg'a qutisi magnitli yoki alohida qopqoqli bo'ladi. Quti ichidagi taglikni buyumlar o'lchamiga moslaymiz.
  • Kundalik daftar muqovasiga logotipni bo'rttirma, lazer gravirovkasi yoki UV bosma bilan tushiramiz.
O'zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag'ishlangan qutining o'yma qopqog'i
O'zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag'ishlangan namuna qutimizda medalyon qopqoqning ichki tomonidagi o'yma panelga joylashtirilgan.

Logotipli kiyim va krujkalar ham to'plamga qo'shilishi mumkin. Hisob-kitob uchun buyumlar ro'yxati, soni, vektor formatdagi logotip va kerakli sanani yuboring.

Savollaringiz qoldimi?

Ishlab chiqarishga ariza qoldiring

Ariza qoldirish

Qo'ng'irog'ingizni kutamiz

+99890 938-06-08

Bizga bemalol yozing

hello@winch.uz
Har qanday savolga javob beramiz